- О магазине
- Книги
- Местные книги
-
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tay'orgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha Konsepsiya. O'zbek va rus tilida, 6 bosma taboq, adadi 10000. Ingliz tilida, 1,5 bosma taboq. Adadi 1000
Ushbu risolada "O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayo'rgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha konsepsiyasi to'g'risida"gi Qarori hamda va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi shart bo'lgan saylovoldi tadbirlarning ...
-
O'zbekiston Respublikasining Qonuni.O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida.O'zbek tilida, 4,5 bosma taboq. Adadi 9000.
Ushbu risolada "O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Nizom va Yo'riqnomalari chop etilgan.
-
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi. Rus tilida, 23,0 bosma taboq, Adadi 1000.
Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag'ishlangan ushbu kitobda istiqlol yillarida O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish, ularni rag'batlantirish hamda himoya qilish sohasida qo'lga kiritilgan asosiy natijalar konkret faktlar va misollar yordamida chuqur tahlil qilingan.
-
Islom Karimov. Tarixi boy, buguni go'zal, kelajagi buyuk shahar. O'zbek tilida. 1,26 bosma taboq. Adadi 10 000.
Poytaxtimizning 2200 yillik qutlug' to'yi Vatanimiz mustaqilligining 18 yillik bayrami bilan uzviy bog'lanib ketdi. O'zbekistonimiz shu qisqa davrda bosib o'tgan yo'lni, amalga oshirilayotgan mislsiz o'zgarish va yangilanishlarni, mamlakatimizning kuch-qudrati ortib, uning qiyofasi yanada chiroy ochayotgani, xalqaro maydonda obro'-e'tibori yuksalib borayotganini ...
-
To'rtinchi hokimiyat To'plam. O'zbek va rus tilida. 22 bosma taboq. Adadi 3000.
Ommaviy axborot vositalarining faoliyatini takomilashtirish maqsadida Oliy Majlisda qabul qilingan bir qator qonunlar, Vazirlar Mahkamasining ushbu qonunlarni amalda qo'llash bo'yicha qabul qilgan qarorlari va tartib qoidalari ushbu to'plamdan o'rin olgan.
-
Ikki palatali parlament sharoitida qonunchilik. X. T. Odilqoriyev O'zbek tilida.1,7 bosma taboq. Adadi 3000.
Mazkur risola O'zbekistonda kechayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar, ikki palatali parlament tizimiga o'tish sharoitida qonun ijodkorligining mohiyatini,qonun chiqarish jarayonining bosqichlari va xususiyatlarini nazariy hamda amaliy jihatdan o'rganishga bag'ishlangan.
-
O'zbekiston - modernizatsiyalash va demokratik taraqqiyot sari. Zayniddin Islomov. O'zbek tilida. 14 bosma taboq. Adadi 3000.
Muallif O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlariga murojaat etib, mamlakatimiz rahbari davlat va jamiyat qurilishi muammolariga alohida e'tibor qaratganligini yoritishga harakat qilgan. Kitob Prezident I.Karimov asarlarini, shuningdek, davlat va huquq nazariyasini o'rganuvchilarga yordam tariqasida havola etiladi.
-
Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishning demokratik andozalari. Xurshid Do'stmuhammad. O'zbek tilida. 3 bosma taboq. Adadi 3000.
Ushbu risolada milliy jurnalistika va matbuotni rivojlantirishning demokratik andozalarini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar tahlil etiladi. Risolada ommaviyaxborot vositalari mavzusida so'z boradi. Jumladan, hozirgi o'zbek milliy jurnalistikasi muammolari xususida, jahon matbuotchiligida erishilgan va erishilayotgan yutuqlar borasida fikr yuritiladi. Kitobda k ...
-
Mustaqil yurt g'allasi. Jamoa. O'zbek tilida. 9 bosma taboq. Adadi 30 000.
G'alla mustaqilligiga erishish O'zbekistonning iqtisodiy mustaqilligiga ham bevosita daxldor. Mazkur kitobda O'zbekiston g'alla mustaqilligiga erishishda amalga oshirilgan ishlar, bu yo'lda duch kelingan qiyinchiliklar va muammolar qanday bartaraf etilgani xususida hikoya qilinadi. Dehqon va mutaxassislarning erishilgan yutuqlar ahamiyati xususidagi fikrlari qalamga olingan.
-
Matbuotimiz fidoyilari. Uchinchi to'plam. O'zbek tilida. 31,50 bosma taboq. Adadi 2000.
Ushbu to'plam 1991 va 1993 yillarda nashr etilgan ikki to'plamning o'ziga xos mantiqiy davomi bo'lib, unga asosan rahmatli bo'lib ketgan ustoz jurnalistlar va bugungi kunda fidokorona mehnat qilayotgan jonkuyar, fidoyi qalam sohiblari hamda matbuotimiz zahmatkashlari to'g'risida so'nggi yillarda «O'zbekiston matbuoti» jurnali, shuningdek, boshqa vaqtli nashrlar ...
Местные книги 1 - 10 из 23
Начало | Пред. | 1 2 3 | След. | Конец












